Toshkent metrosida hojatxonalar paydo boʻlishi mumkin

13:46 07 Yanvar 2022 Jamiyat
1007 0

Toshkentdagi “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurilmoqda, bu tajriba oʻz samarasini bersa, boshqa bekatlarda ham hojatxona qurish rejalashtirilgan. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, nafaqat Toshkent metropolitenida, balki dunyoning aksariyat megapolislarida ham hojatxona, shuningdek, onalar va bolalar xonalari yoʻq. Bunga yoʻlovchilarning metrodan foydalanish vaqti koʻp hollarda qisqa boʻlgani sabab boʻlgan. Qayd etilishicha, Toshkentdagi metro yoʻlovchilari eng uzoq manzilga oʻrtacha 40-50 daqiqada yetib boradi.

“Biroq meʼyoriy-loyiha hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarga qaramay, «Chilonzor” metro bekatida eksperimental hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda, agar u oʻzini oqlasa, boshqa bekatlarda ham joriy etish rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, metro bekatlarida odamlar salomatligi inobatga olinib, barcha navbatchilik punktlarida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha maʼlumotlar mavjud va ular birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun dori-darmonlar bilan taʼminlangan.

Shuningdek, zarur hollarda tez tibbiy yordam xodimlari chaqirilishi, “Paxtakor” va “Ming oʻrik” metro bekatlarida tibbiyot punktlari faoliyat koʻrsatishi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?