Toshkent propiskasi boʻlmasdan turib ishga joylashganlarga jazo berish tartibi bekor qilinadi

2018 yil 24 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlisda deputatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, ayni paytda qonun hujjatlarida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolariga nisbatan ushbu hududlarda yashash hamda ishga joylashish bilan bogʻliq qator cheklovlar mavjud. Mazkur cheklovlarga rioya etmaslik fuqarolar va mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
Yangi qonun loyihasida bunday cheklovlarni bartaraf etiladi. Natijada fuqarolarning ish tanlash, respublika hududida erkin harakatlanish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlari, pasport, bilim olish hamda ishga joylashish bilan bogʻliq boshqa huquqlaridan foydalanishi taʼminlanadi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etildi va qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring