Turkiyalik mutaxassislar tomonidan joylashtirish vositalari xodimlariga sertifikatlar taqdim qilindi

16:40 16 Dekabr 2021 Jamiyat
2011 0

Joriy yilning 6-11-dekabr kunlari Buxoro hamda Samarqand viloyatlaridagi joylashtirish vositalari xodimlari uchun Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida oʻquv-seminarlar tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida turizm sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2017-yil 25-oktyabrda bitim imzolangan.

Hujjatga koʻra, ikki mamlakatning ilm-fan, ijtimoiy taraqqiyoti, madaniyat sohalaridagi yutuqlari, tabiati va diqqatga sazovor joylari, shuningdek tarixiy obidalari bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, ikki tomonlama turistik salohiyatlarini ommalashtirish turistik oqimni oshirish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar oʻtkazishga koʻmaklashishdir.

Ushbu hujjatga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan joylashtirish vositalarida koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini xalqaro tajriba asosida yanada yaxshilash maqsadida oʻquv seminarlar tashkil etildi.

Joylashtirish vositalari, xususan, mehmonxonalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar restoranlardagi xizmat koʻrsatish sifati tashrif buyuruvchilarning alohida eʼtiborini tortadi. Shuningdek aynan ularga qarab mehmonxonalar darajasi belgilab beriladi.

Mashgʻulotlar Samarqand va Buxoro viloyatlari Turizm va sport bosh boshqarmalari bilan hamkorlikda joylashtirish vositalari xodimlarini jalb etgan holda, kutib olish va joylashtirish xizmati (reception), joylashtirish vositasining maʼlum qavati xizmatchisi (housekeeping), servis (F&b) yoʻnalishlari boʻyicha olib borildi.

Nazariy mashgʻulotlar Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida hamda amaliy mashgʻulotlar esa “Dilimah” mehmonxonasida oʻtkazildi. Buxoro shahrida amaliy va nazariy oʻquv mashgʻulotlari “TURON PLAZA” mehmonxonasida oʻtkazildi.

11-dekabr kuni Samarqand va Buxoro viloyatlarida taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsuli Salih Janer, Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi B. Shaxriyorov, Turizm va sport vazirligining Ziyorat turizmi boshqarmasi boshligʻi J. Saidov, Samarqand viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari D. Narzikulov Markaz direktori S. Xonbabayev hamda boshqa mutasaddi vakillar ishtirok etishdi.

3 ta yoʻnalish boʻyicha (reception, housekeeping, F&b) olib borilgan seminarlar yakunida Samarqand shahrida 103 ta, Buxoro shahrida esa 85 ta ishtirokchiga (jami 188 ta) malaka oshirish boʻyicha sertifikatlar taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер