Moskva shahrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali ochildi

14:29 18 Oktyabr 2018 Siyosat
4236 0

Moskvada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov haykali ochildi.

Tantanali tadbirda Prezident Administratsiyasi, senatorlar, deputatlar, hukumat aʼzolari, Oʻzbekiston Qahramonlari, chempion sportchilar, turli jabhalarda yutuqlarga erishgan yoshlar, nuroniylar, yozuvchi-shoirlar, ilm-fan va sanʼat namoyandalaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi qatnashdi.

Islom Karimov siymosi Samarqanddagi Registon majmuasi fonida qad rostlagan. Ushbu loyiha britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey gʻoyasidir. Haykalda kuchli iroda sohibi, dono davlat arbobi va xalqparvar siyosatchi siymosi gavdalangan.

Moskva markazida qad rostlagan Islom Karimov haykali Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi arafasida ochilishida ham chuqur ramziy maʼno bor.

Prezident Vladimir Putin mustaqil Oʻzbekiston asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov bilan yaqin doʻstona munosabatda boʻlgan. Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga ham ana shu samimiy doʻstlik negizida asos solingan.

Vladimir Putin va Rossiya xalqi Islom Karimovni Oʻzbekiston taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan, eng murakkab paytlarda tinchlik va barqarorlikni taʼminlagan shaxs sifatida xotirlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер