Koʻmir ombori mudiri kollejlarga atalgan bir necha ming tonna koʻmirni "yeb qoʻydi"
“Xalq soʻzi Online”. Tolibjon Ergashev/Jizzax. Oltin kuz faslining ham deyarli yarmi oʻtib boʻldi. Hash-pash deguncha qishning ham qor-qirovli kunlari boshlanadi. Kecha shivalab yoqqan yomgʻirning oʻzi insonlarga qishga tayyorgarlik koʻrishni yana bir bor eslatib qoʻydi.
Biroq, Jizzax viloyati koʻmir ombori boshligʻi H.I.ga qishning hech qanday sovugʻi bilinmaydi, chunki u qogʻozda koʻmir yetkazib berish usulini oʻylab topgan ustasi faranglardan.
“Koʻmir ombori mudiri Doʻstlik tumani sanoat va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejiga tegishli 35 tonna koʻmir briketi va 16 tonna koʻmirni, qiymati 17 million 493 ming soʻmlik mahsulotlarni egasi olib ketdi mazmunida soxta hujjatlar tayyorlab sotib yuborilgani aniqlandi. Mudir xuddi shu yoʻl bilan Arnasoy informatika va xizmat koʻrsatish kollejiga ajratilgan qiymati 9 million soʻm boʻlgan koʻmir briketini ham gum qilgan”, - deydi Jizzax viloyat IIB Axborot multimedia guruhi rahbari Abulqosim Ahmedov.
Oʻquv muassasalari rahbarlari H. I.dan oʻzlariga ajratilgan qattiq yoqilgʻini talab qilishganida mudir turli bahonalar bilan ishni paysalga solib yurgan. Va nihoyat huquq-tartibot idoralari aralashuvi bilan H.I.ning qilmishlari fosh qilindi va mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring