Oʻzbekiston pasportlar indeksida 82-oʻrinni egalladi

Fuqarolik va doimiy turar-joy masalalari boʻyicha global konsultatsiya markazi boʻlgan Henley & Partners kompaniyasi pasportlar indeksi (Passport Index) boʻyicha yangi reytingni eʼlon qildi.
Tashkilot rasmiy saytida eʼlon qilingan reytingda Oʻzbekiston 82-oʻrinni egalladi. bir Bir necha oy muqaddam eʼlon qilingan reytingda Oʻzbekistonning oʻrni 76-oʻrinda qayd etilgandi.
Henley & Partners kompaniyasining yillik Pasportlar indeksi jahonning 200dan ortiq davlatlari va hududlaridagi vizalar qoidalarini tahlil qiladi hamda ularni vizasiz chiqiladigan mamlakatlar soni boʻyicha ajratib chiqadi.
Henley & Partners kompaniyasi barcha mamlakatlar va hududlardagi viza tartib-qoidalarini diqqatlik bilan oʻrganib chiqdi hamda harakatlanish erkinligi darajasi boʻyicha mamlakatlar roʻyxatini tuzdi.
Indeksga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari vizasiz 59 mamlakatga borishlari mumkin.
Reytingda birinchi oʻrin Yaponiyada. Yaponiya pasporti bilan dunyoning 190 mamlakatiga vizasiz sayohat qilish mumkin. Ikkinchi oʻrin Germaniya va Singapurga berildi (189 mamlakat).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring