Oʻzbekistonda yangi fond tashkil etildi. Unga Sherali Joʻrayev rahbarlik qiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.
Hujjat bilan, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining ular muassisligidagi nodavlat notijorat tashkilotining “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
Qarorga koʻra, faoliyatini Vasiylik kengashi boshqaradi.
Kengash mashhur shoir va yozuvchilar, sanʼat, teatr va sport arboblari, milliy madaniy markazlar vakillari, sohaga masʼul davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlaridan shakllantiriladi.
Vasiylik kengashi raisi vazifasini Oʻzbekiston xalq artisti Sherali Joʻrayev bajaradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring