Xalqaro matematika musobaqasida oʻzbekistonlik talabalar 15 ta medalga sazovor boʻldi. Ulardan 5 tasi oltin 

10:30 09 Avgust 2021 Jamiyat
12790 0

2021-yilning 2-8-avgust kunlari universitet talabalari oʻrtasidagi 28-Xalqaro matematika musobaqasi IMC - International Mathematics Competition)  onlayn boʻlib oʻtdi. Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatlardan 592 nafar talabalar ishtirok etdi.

Jumladan, Massachusetts Institute of Technology, Stanford University, Carnegie Mellon University (AQSH), Saint-Petersburg State University, Moscow Institute of Physics and Technology (Rossiya), Rheinische Friedrich-Wilhelms-Universität Bonn, Georg-August-Universität Göttingen (Germaniya), University of Cambridge, University College London, Imperial College London, University of Manchester (Buyuk Britaniya) va boshqa nufuzli universitetlardan talabalar ishtirok etishdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi nomidan saralangan 17 nafar talaba ham ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, 100 foizlik natija koʻrsatdi.

Talabalarimiz Xalqaro Matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliq qoʻlga kiritishdi.

Gʻolib talabalarimiz bilan tanishing.

Oltin medal:

  • Oʻzbekiston milliy universiteti talabasi — Abdushukur AHADOV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Jasurbek IMOMOV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Maftuna SAMATBOYEVA;
  • Urganch davlat universiteti talabasi — Islombek ISMOILOV;
  • Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi — Kamal SADIKOV.

Kumush medal:

  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Shahzod QUROQBOYEV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Doniyor YAZDONOV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURAYEV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir NORBOYEV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Davrbek OLTIBOYEV;
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi — Abdumalik ABDUQAYUMOV.

Bronza medal:

  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Laziz ABDULLAYEV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Nilufar RAJABOVA;
  • Guliston davlat universiteti talabasi — Olimjon JALILOV;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti talabasi — Jahongir TURSUNBOYEV.

Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari Javohir ISKANDAROV va Nodirbek GʻAFFOROVlar faxriy yorliqqa sazovor boʻlishdi.

Bundan tashqari, Qarshi davlat universiteti talabalari ham yakka tartibda mustaqil ishtirok etib, Asror JABBOROV bonza medal, Jahongir XOLMONOV va Sardor SAIDOVlar maxsus sertifikatga ega boʻlishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?