Guliston davlat universitetida shifokorlar ham tayyorlanadi
Guliston davlat universitetida joriy oʻquv yilidan boshlab davolash ishi va pediatriya boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari joriy etildi. Bu haqda universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsinjon Xodjiyev mazkur oliy taʼlim muassasasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Yangi ochilgan tibbiyot fakulteti uchun oʻqituvchi-professorlar tarkibi mahalliy olim-shifokorlar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasidan jalb qilinayotgan yosh ilmiy xodimlar hisobiga shakllantirilmoqda. Dastlabki oʻquv yilida har ikkala yoʻnalish boʻyicha 25 nafardan talaba qabul qilinishi belgilagan. Aytish lozimki, ushbu fakultet Prezidentimizning 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yana-da oshirish chora –tadbirlari toʻgʻrisida”«gi qarori asosida tashkil etildi.
“Xalq soʻzi” muxbirining ijodiy imtihonlarning adolatli, ochiq va haqqoniyligini taʼminlash boʻyicha tayyorgarliklar xususidagi savoliga, universitet rahbari, bu sinov jarayonida GulDUning birorta oʻqituvchisi ishtirok etmasligini, yaʼni uni boshqa oliy oʻquv yurtlaridan keladigan mutaxassis-pedagoglar tomonidan oʻtkazilishini aytdi. Shuningdek, ijodiy imtihonlar veb-kamera- ham audio, ham video shaklida – orqali ota-onalar va boshqalar tomonidan kuzatib boriladi.
Ahmadali SHERNAZAROV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring