Toshkentda “Oʻzbekiston sovgʻalari” – Birinchi respublika koʻrgazma savdosi boʻlib oʻtmoqda (Fotoreportaj)

13:25 22 Sentyabr 2018 Madaniyat
3286 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan poytaxtimizning “Saylgoh” koʻchasida “Oʻzbekiston sovgʻalari” – Birinchi respublika koʻrgazma savdosi ish boshladi.

Koʻrgazmada 100 dan ortiq hunarmandlar ishlagan buyumlarni nafaqat tomosha qilish, balki xarid qilish ham mumkin.

Ushbu tadbir Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi, Madaniyat, Xalq taʼlimi, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston oshpazlar uyushmasi kabi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Suratlar muallifi: Hasan Paydoyev/“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер