Jurnalist Farhod Mahmudov Prezident maslahatchisining oʻrinbosari etib tayinlandi
Jurnalist Farhod Mahmudov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda Turon24 xabar bermoqda. “Farhod Mahmudov Ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat, sanʼat va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmatining rahbariga oʻrinbosar boʻldi.
Avval koʻp yillar Xayriddin Sultonov boshchilik qilgan ushbu Xizmat rahbari lavozimi hozircha vakant qolmoqda. Avgustda Xayriddin Sultonov qayta tashkil etilgan Prezident Adminstratsiyasida Prezidentning spichrayteri etib tayinlangandan soʻng, ushbu Xizmatni vaqtincha Abdujabbor Abduvohidov boshqarib kelmoqda.
Tayinlovga qadar Farhod Mahmudov Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Axborot” direksiyasining Bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlagan”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring