Oʻzbekistonda 2021-yil 1-iyuldan fuqarolarga STIR berish bekor qilinadi
![](https://xs.uz/upload/post/2021/06/07/4bba10742e883a7789702d506fe0b4cb0607.jpg)
Elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud boʻlgan maʼlumotlarni qogʻoz koʻrinishida olish, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim boʻlmagan hujjatlarni talab qilishni cheklash kabi maʼmuriy toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni qabul qilingan.
Davlat soliq qoʻmitasi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur farmon bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, tashkilotlar va muassasalar tomonidan aholidan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilganligi (STIR olganlik) faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi.
Yaʼni, davlat organlari va tashkilotlari jismoniy shaxslarga davlat xizmatlarini koʻrsatishda, ishga qabul qilish jarayonida va boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishda jismoniy shaxslarning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini soliq organidan mustaqil ravishda yoki “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olishi lozim.
Shuningdek, farmon bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish ularni soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida amalga oshirilishi belgilandi.
Shunga asosan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab soliq organlarida soliq toʻlovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda amalga oshirishga oʻtiladi.
Yaʼni, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish bekor qilinadi.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritish taqiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring