Oʻzbekistonda oʻquvchilar maktabda FACE ID tizimi orqali nazorat qilinadi

22:01 05 May 2021 Jamiyat
3814 0

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Ichki ishlar vazirligi va xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida oʻtkazilgan Qoʻshma Hayʼat majlisida oʻquvchilarni maktabda boʻlish vaqti FACE ID tizimi orqali nazorat qilinishi haqida aytib oʻtdi deya yozmoqda OʻzA.

Xabarga koʻra, ichki ishlar vaziri general-leynenant Poʻlat Bobojonov ikki hamkor vazirliklarning tarixiy uchrashuvi sifatida eʼtirof etilgan mazkur hayʼat majlisida uchinchi renessans poydevori boʻlgan yoshlarning taʼlim olishlari uchun zaruriy barcha choralarni koʻrilishini bildirgan.

Toshkent, Namangan, Fargʻona, Surxondaryo viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuz bergan holatlar, oʻquvchilar tomonidan qoʻl urilgan jinoyatlar va uning oqibatlari muhokama qilindi.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ham oʻzaro hamkorlik natijasida birinchi navbatda kelajak avlod, maktablarda tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratilishi koʻzda tutilganligini taʼkidlab oʻtgan.

Ayni vaqtda besh tashabbus doirasida barcha maktablar internet bilan taʼminlanmoqda.

“Oʻquvchilarni nazorat qilish va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlikni yana-da kuchaytirish maqsadida maktablarda face id tizimini joriy etish, taʼlim sifatini oshirish maqsadida sinf xonalariga ovozli kameralar oʻrnatish va ularni ichki ishlar organlari hamda profilaktika inspektorlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?