1-iyundan boshlab ayrim yoshlarga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni oʻtash xarajatlari byudjetdan toʻlab beriladi — Mirziyoyev

17:08 13 Aprel 2021 Siyosat
4886 0

Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda kelgusida yoshlarga yaratiladigan imtiyozlar haqida soʻz bormoqda.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda respublika boʻyicha 120 ta IT-markazini 4 mingga yaqin “yoshlar daftari”ga kirganlar tamomlagan. Bunday yoshlarni kelgusida biznes boshlashi uchun kompyuterlar bilan taʼminlab berish zarur.

Buning uchun, “bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuterlar xaridi uchun «Mikrokreditbank», «Aloqabank» va “Xalq banki” kreditlar ajratadi, ularning foiz xarajatlari toʻliq byudjetdan qoplab beriladi (yaʼni, kredit foizsiz beriladi).

— 1-iyundan boshlab, “yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni oʻtash xarajatlari byudjetdan toʻlab beriladi, — dedi davlat rahbari.

Shuningdek, “yoshlar daftari”ga kirganlarga, qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻqish xarajatining bir qismi qoplanadi.

Shu bilan birga, 1-iyuldan boshlab xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarni qayta tayyorlash xarajatining 1 million soʻmgacha boʻlgan qismiga subsidiya beriladi.

Bundan tashqari, yoshlarning professional taʼlim maktablari, texnikumlarda oʻqishi uchun toʻlanadigan kontrakt summasi daromad soligʻidan ozod qilinadi.

Ushbu maqsadlar uchun yil davomida qoʻshimcha 100 milliard soʻm ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?