Oʻzbek kino sanʼatida talantli yoshlar bir oz kamayib qolganday nazarimda — Yoqub Ahmedov
— Oʻzbek kino sanʼati xalq oldidagi, tomoshabinlar oldidagi, rahbariyat oldidagi oʻz burchini ado etyaptimi, degan savol tugʻiladi. Javob shuki, ado etyapti, yaʼni toʻliq boʻlmasa-da, lekin bajaryapti, — deydi Oʻzbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov.
Xoʻsh, nega toʻliq emas? Men tomoshabinlar, hamkasblarim bilan koʻp suhbatda boʻlaman. Bitta masalani, yaʼni mablagʻ masalasini aytishadi.
Kuni kecha Prezidentimiz imzolagan hujjatlar nafaqat mablagʻ masalasiga, balki juda koʻplab muammolarga chek qoʻydi. Ijodkorlar bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari bizga ushbu sohada rivoji uchun mablagʻ topib berishini, lekin bizdan xalqni, yoshlarni tarbiyalaydigan kinomahsulotlar tayyorlashimiz kerakligini taʼkidlagan edi.
Bu kino sohasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat. Ishonchni esa oqlashimiz kerak, ayniqsa, yoshlar. Oʻzbek kino sanʼatida talantli yoshlar bir oz kamayib qolganday nazarimda. Koʻp aytaman, yoshlarni tarbiyalaylik, axir kelajagimiz yoshlar qoʻlida, deb. Endi bu masala ham hal boʻladi. Demak, zimmamizdagi asosiy vazifa — pishiq-puxta, mukammal filmlar, spektakllar yaratish, tomoshabinlarning koʻngliga kirishdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring