TDPU talabasida koronavirus aniqlandi. Ikkita fakultet onlayn taʼlimga qaytdi
22-yanvar kuni tibbiy tashxis natijalariga koʻra, Toshkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda universitet Axborot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu talaba bilan aloqa qilganlar va fakultet hududidagi boshqa barcha talabalarga 14 kun davomida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimini oʻtkazish tavsiyasi berildi.
Oʻquv binosining 4-qavatidan foydalanayotgan Rus tili va adabiyoti fakulteti hamda Xorijiy tillar fakultetida ham ushbu nazorat choralari joriy qilindi. Bunda oflayn tartibda taʼlimga qaytgan Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakultetlarining barcha 1-kurs talabalari endilikda 14 kun davomida taʼlimni masofaviy tartibda olishlari belgilandi.
24-yanvardan ushbu ikkala fakultetning 2-3-4-kurs talabalari qishki sessiya yakuniy imtihonlarini onlayn tartibda topshiradilar. 1-kurs talabalari esa ikki haftadan keyin 8-fevral kuni imtihon topshirish uchun oflayn taʼlimga qaytadilar.
Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakulteti binolari, kirish-chiqish joylari va hududlari toʻliq izolyatsiyaga olingan boʻlib, u yerda 1 hafta mobaynida tibbiy-sanitariya tozalash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu fakultetlarning hududi toʻla yopilgan va nazoratga olingan.
Qolgan barcha fakultetlar talabalari toʻliq tartibda oflayn taʼlim darslarini va oflayn tarzdagi imtihon topshirish jarayonlari davom ettiradilar. Buning uchun barcha binolarning kirish va chiqish joylari har bir fakultet va kurslar uchun alohida marshrutlar asosida belgilangan yoʻlaklar orqali amalga oshirilishiga rioya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring