Nechta muzey va madaniy meros obyektlar davlat-xususiy sheriklikka kiritilmagan?
Davlatimiz rahbarining “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, sohadagi mavjud muammolarga yechim topishi bilan birga, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Xo‘sh, davlat-xususiy sheriklik asosida sohani rivojlantirishning tartibi qanday? Qarordan o‘rin olgan ayrim tartib va imtiyozlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva quyidagilarni so‘zlab berdi:
“Vazirlik tizimidagi 102 ta muzey va 7500 dan ortiq madaniy meros obyektlari davlat-xususiy sheriklikka kiritilmagan. Chunki ular davlat himoyasidagi obyektlar hisoblanadi. Hujjat asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror va u bilan nizom ishlab chiqilishi belgilangan. Unda davlat-xususiy sheriklik masalalari, qaysi obyekt kiradiyu qaysi biri kirmasligi aniq ko‘rsatib o‘tiladi”, deydi u.
Shuningdek, qaror bilan madaniyat muassasasiga sarmoya kiritadigan subyektlarga muayyan imtiyozlar ham beriladi. Masalan, nodavlat sektoridagi kimdir madaniyat va san’at yo‘nalishidagi bino qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga yer uchastkalari olmoqchi bo‘lsa, xarob binoni rekonstruksiya qilib, jihozlamoqchi, keyinchalik esa ularni otaliqqa olish sharti bilan qurilish qilmoqchi bo‘lsa, ularga bepul, kamida 30 yilga yer uchastkalari taqdim etiladi hamda muassasalar binolari “nol” xarid qiymatida sotiladi.
Agar xorijlik investor konsessiya asosida qurilish uchun yer uchastkasi yoki rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun bino ajratish bo‘yicha taklif bildirsa, buning ham sharti aniq. Ya’ni u bilan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga bitimlar imzolanadi. Muddati 10 yillik bitimlar esa xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil qilingan madaniyat va san’at nodavlat muassasalarini moddiy-texnika, moliyaviy hamda metodik ta’minlashga daxldor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring