Press-tur ishtirokchilari Qosimshayh majmuasini ziyorat qilishdi
Maʼlumotlarga koʻra, ushbu majmua 16-asr oʻrtalarida barpo etilgan.
Qosimshayx Azizon hazratlariga bagʻishlab, Buxoro xoni Abdullaxon II tomonidan qurilgan. Sababi tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Qosimshayx hazratlari Buxoro xonining aziz ustozi boʻlgan.
Majmua ichki va tashqi hovli, masjid, xonaqoh hamda ularni ajratib turuvchi dahlizlardan iborat.
2014-yil ushbu qadamjo restavratsiya qilingan.
— Tarixdan maʼlum, XVI asrda xonliklar oʻrtasida koʻp nizo va janglar boʻlib turgan. Ana shunday paytlarda Qosimshayx hazratlari tinchlik yoʻli bilan sulh tuzib, nizoni bartaraf etgan. Shu sabab Buxoro xoni ustozidan diniy va dunyoviy ishlarda hamisha maslahat olib turgan. Shu bilan birga koʻplab shogirdlariga tariqatdan dars bergan. Ularning hurmatiga xon xonaqoh barpo ettiradi va ustoziga “Azizon” (aziz va mukarram) degan nom beradi. Afsuski, hazratning kitoblari bizgacha yetib kelmagan, — deydi Qosimshayx jome masjidi imom xatibi Mustafo Yunusov.
Yulduz Oʻrmonova
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring