Xoʻjaobodda ikki boshli ilon topildi
Tabiat moʻjizalarga boy. Bir daraxtda ikki xil meva pishganini koʻrganmiz. Yuqoriga oqqan suvni koʻrganmiz. Biroq, ertaklardagi qoʻsh boshli ajdar misol ilonlarni toʻgʻrisi, koʻrmaganmiz. Xoʻjaobod tumanidagi Rayish koʻchasida istiqomat qiluvchi aholi esa ikki boshli ilonni, nafaqat kuzatdilar, balki, oʻz qoʻllari bilan ushlab koʻrdilar. Toʻgʻri, u ertaklardagi ajdarmisol devqomat va qoʻrqinchli emas edi.
— U oddiy suv ilon edi, — deydi fuqaro Ulugʻbek Muhammadjonov. — Uzunligi yigirma santimetrlar atrofida. Koʻchada oʻynab yurgan bolalar ushlab olishibdi. Qarasam, hali videoga olishyapti, hali boshini silashyapti. Bu ahvolda uni nobud qilib qoʻyishlaridan qoʻrqib uyimiz yonidan oqib oʻtuvchi Shaxrixonsoyga qoʻyib yubordim.
Bu voqea kecha 1-noyabr kuni sodir boʻlgan. Afsuski, uni koʻrishga ulgurmadik. Biroq guvohlik beruvchi fotolarni taqdim etishdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring