Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oshdi
Joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1237 tani tashkil etdi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, respublikamizda roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 11,9 mingtani tashkil etib, ulardan 11,3 mingtasi faoliyat yuritmoqda. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 mingtaga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Xitoy – 1757 ta
Turkiya – 1464 ta
Koreya – 863 ta
AQSH – 276 ta
Germaniya – 193 ta
Boshqalar – 6776 ta
Maʼlumot oʻrnida, yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning sohalar boʻyicha soni:
Savdo – 371 ta
Sanoat – 343 ta
Qurilish – 135 ta
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 94 ta
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 53 ta
Axborot va aloqa – 42 ta.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring