34 ta strategik turdagi foydali qazilma uchastkalari elektron onlayn auksionga joylashtirildi
Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 403-sonli qaroriga muvofiq 34 ta strategik turdagi foydali qazilma uchastkalari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn auksionga joylashtirildi.
Endilikda barcha xorijiy va mahalliy investorlar, internet foydalanuvchilari “E-IJRO AUKSION” platformasi orqali masofadan turib Oʻzbekiston hududidagi strategik turdagi foydali qazilmalar mavjud konlar va istiqbolli maydonlar joylashuvini koʻrishi, yer maydoni haqidagi birlamchi maʼlumotlar bilan tanishishi, ushbu konlarni va istiqbolli maydonlardan foydalanish huquqini auksionda qatnashuv orqali qoʻlga kiritishi mumkin.
“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn auksionga joylashtirilgan yer qaʼri uchastkalari ichida respublikada joylashgan oltin, uran, mis, kumush, volfram, qalay, marganes va boshqa turdagi foydali qazilma uchastkalari mavjud.
Tadbirkorlik subyektlariga yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish elektron online-auksion savdolari asosida amalga oshiriladi.
Talabgorlar mazkur “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionda ishtirok etish uchun www.e-auksion.uz sayti orqali elektron shaklda arizalarni oʻrnatilgan tartibda topshirishlari hamda ushbu arizada qayd etilgan lot raqami va nomi boʻyicha elektron auksion savdolarida ishtirok etishlari uchun sharoit yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring