Gretsiyadagi eng katta muhojirlar lageri butunlay yonib ketdi
Gretsiyaning Lesvos orolidagi eng katta Moriya muhojir va qochqinlar lageri butunlay yonib ketdi.
ERT telekanali xabariga koʻra, 12,8 ming kishi yashab kelayotgan lagerdagi yongʻin COVID-19 bilan bogʻliq 35 ta yuqtirish holati aniqlangandan koʻp oʻtmay sodir boʻlgan.
Qayd etilishicha, qochqinlar va muhojirlar atrofdagi pana joylar hamda togʻlardan panoh topishga muvaffaq boʻlishgan. Aksariyati esa shahar tomon yoʻl olishgan.
Mamlakat yongʻin xizmati maʼlumotlariga qaraganda, lager atrofida va uning hududida paydo boʻlgan oʻnga yaqin yongʻinlarni oʻchirishga politsiya yordami bilan birgalikda 25 ta oʻt oʻchiruvchi va 10 ta texnika jalb qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring