Toshkent shahar hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi

14:55 19 Avgust 2020 Jamiyat
1991 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-avgustdagi “Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish boʻyicha huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi.

Ushbu lavozimga Toshkent shahar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Kalanov Rustam Abduhakimovich tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

R.Kalonov 2017-yildan 2020-yilgacha “Nuroniy” jamgʻarmasining Toshkent shahar Kengashi raisi, 2020-yildan Toshkent shahar hokimligi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?