“Oʻlim xavfini oshirishi mumkin” — Oʻzbekistonda gidroksixloroxin davolash protokolidan chiqarildi
“Tez yordam” koʻrsatuvida Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi vakili Klara Yodgorova gidroksixloroxin dorisining zarari haqida gapirdi: «Pandemiya avvalida koronavirusni davolash uchun aniq dori vositasi yoʻq edi. Shunda xloroxin, gidroksixloroxin, azitromitsin kabilarni qoʻllash boshlandi.
Oʻrganishlar natijasida olimlar bu dorilarning nafaqat samara bermasligi, balki bemorlarda oʻlim xavfini oshirishi mumkinligini aniqlashdi.
Oʻzbekistonda 13-iyul kuni Sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi bilan tasdiqlanib, chop etilgan qoʻllanmada gidroksixloroxin olib tashlangan.
Koʻrsatuvda gidroksixloroxin oxirgi davolash qoʻllanmasidan chiqarib tashlangan boʻlsada, uyda davolanayotgan bemorlarga tarqatilishi kutilayotgan dorilar toʻplamiga kiritilganicha qolayotgani aytildi.
Klara Yodgorova:
«Oʻzbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari — SSV tizimidagi shifoxonalar ham, xususiy shifoxonalar ham oxirgi tasdiqlangan davolash qoʻllanmasiga rioya qilgan holda ish koʻrishi shart.
Oʻylaymanki, respublika maxsus komissiyasi yangi qoʻllanmaga asoslangan holda bepul tarqatiladigan dorilar toʻplamini qayta koʻrib chiqib, bu dorini tarqatishni toʻxtatadi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring