Eng arzon goʻsht qaysi bozorda?
30-iyun holati boʻyicha markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.
Mol goʻshti 38 000 soʻmdan 65 000 soʻmgacha
1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (38 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (65 000 soʻm).
Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)
Qoʻy goʻshtining minimal narxi Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatilgan.
Kartoshka 1 500 soʻmdan 5 500 soʻmgacha (kg)
Kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (1 500 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 500 soʻm) kuzatilgan.
Piyoz 750 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatilgan (3 000 soʻm).
Sabzi 1 000 soʻmdan 4 500 soʻmgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining “Eski shahar dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 500 soʻm) kuzatilgan.
Tuxum 5 000 soʻmdan 13 000 soʻmgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da qayd etilgan (5 000 soʻm). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatilgan (13 000 soʻm).
Guruch 4 500 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)
Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus 2” navli guruch 4 500 soʻm). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 14 500 soʻmgacha (litr)
Oʻsimlik yogʻi minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 400 soʻm) kuzatilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 14 500 soʻm) aniqlangan.
Shakar 5 800 soʻmdan 7 000 soʻmgacha (kg)
Shakar mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 800 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (7 000 soʻm) kuzatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring