Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani yuzasidan rasmiy izoh berildi
фото: yandex.ru
Internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda 8-may kuni balandligi 375 metr bo‘lgan Toshkent teleminorasini chaqmoq urgani haqida xabarlar va chaqmoq urishi jarayoni aks etgan video tarqalgan edi.
“Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasi, ushbu hodisa bo‘yicha rasmiy izoh berdi.
“Toshkent shahridagi kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti vaqtida Toshkent teleminorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq urish hodisasi sodir bo‘lmagan, yaʼni video olingan rakursdan chaqmoq urganligi qayd etilgan bo‘lsada, aslida chaqmoq sodir bo‘lishi Teleminoradan maʼlum bir masofada bo‘lib o‘tganligini bildiramiz”, deyiladi izohda.
Qayd etilishicha, Toshkent teleminorasida bugungi kunda barcha texnik qurilmalar barqaror ishlamoqda va aholiga raqamli televideniye hamda radioeshittirish dasturlari uzluksiz tarqatib kelinmoqda.
Ta’kidlanishicha, Respublikamizning noyob arxitektura inshooti bo‘lmish Toshkent teleminorasi kuchli chaqmoq urishiga qarshi himoya tizimi va yerga ulanish konturlari bilan taʼminlangan. Shu sababli, chaqmoq urgan taqdirda ham, hech qanday xavf va xavotirga asos yo‘q.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring