Boʻstonda kivi plantatsiyasi tashkil etildi
Illyustrativ foto
Respublikamiz eng sarxil noz-neʼmatlarga boy boʻlgani holda sitrus mevalarga talab nechogʻli ahamiyatli, deb oʻylaysiz? Biroq, bir tup kivi daraxti oʻrtacha 100 kg. hosil berib, uning har bir donasi falon soʻmdan sotilishini inobatga olsangiz, demak, bu daraxt emas, xazinaning oʻzi ekan, degan xulosaga borasiz. Andijon viloyati Boʻston tumanida ham yaxshi niyatlar bilan kivi plantatsiyasi tashkil etildi.
— Kivi urugʻini otalarimiz bundan 20 yil muqaddam Ukrainadan olib kelishgan,-deydi “Boʻz maxsus tomorqa xizmati” MCHJ rahbari Tohirjon Ortiqov. –Shundan buyon hovlimizda parvarishlab kelmoqdamiz. Bu yil 20 sotix maydonda tashkil etilgan plantatsiyada 10 ming tup kivi koʻchatlarini yetishtirdik. Maqsadimiz aholiga koʻchat yetkazib berishdan iborat.
Aytish joiz, kivi daraxti alohida parvarish talab etmaydi. Unga kimyoviy oʻgʻit berishga hojat yoʻq. Tokdoshlar turkumiga mansub boʻlgani bois oʻzini tutib olgach, suvga muhtojlikni sezmaydi. 5-7 yilda meva bera boshlaydi va oʻrtacha 80 yil umr koʻradi. Shularning oʻziyoq uning afzallik jihatlaridan dalolatdir.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring