Zoyir Mirzayev: "Mirishkorning zoʻravon hokimi oʻz hatti-harakati bilan viloyat nomiga dogʻ tushirdi"
Bugun Qashqadaryo viloyat hokimligida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda dastlab kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning audiosi va Yakkabogʻ tumanidagi fermer ishchilari oʻrtasida nizolar muhokama etildi.
“Ish faoliyatimizning koʻp qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan oʻtib ketyapti. Mirishkorning zoʻravon hokimi oʻz hatti-harakati bilan viloyat nomiga dogʻ tushirdi. Biror bir hokimdan yaxshi tashabbus koʻrmaymiz, odamlarni turmush-tarzini yaxshilash maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski, zamon oʻzgarayotganini siz rahbaralr sezmayapsizlar”,-deya keltiradi Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning soʻzlarini “Nasafnews” manbasi.
Zoyir Mirzayev Yakkabogʻdagi fermer ishchisi ayollar ustiga kerosin sepib, yoqib yuborishga urinishi bilan bogʻliq holatni rahbarlarning uquvsizligi bilan bogʻladi va tumanning ayrim mutasaddilari adolatsiz qaror chiqarganini tanqid qildi.
Shuningdek, tuman hokimi oʻrinbosarlari aholi oʻrtasida qabul oʻtkazmagani, koʻchma qabullar yoʻlga qoʻyilmaganini ham tanqid qilinib, bu borada mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Yigʻilishda viloyat hokimi Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning xatti-harakati Reglament va odob komissiyasi va deputatlar ishtirokida muhokama etilishi lozimligini ham aytib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring