Shavkat Mirziyoyevning asarlari Turkiyada chop etildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tanlangan asarlari turk tiliga tarjima qilinib, “Yangi Oʻzbekiston — kelajagi buyuk davlat” nomi bilan nashr etildi.
Mazkur kitob Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar Bosh boshqarmasi, Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi Madaniyat va Targʻibot boshqarmasi tashabbusi asosida, professor doktor Firat Purtash boshchiligidagi ijodiy guruh mehnati natijasida tayyorlangan.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan kitobga taqriz yozgan. Muqaddimani Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy bitgan.
“Shavkat Mirziyoyev uch yil davomida koʻplab otashin nutqlar soʻzlagan. Tarixiy voqelik sifatida baholanuvchi bu nutqlar avvalo oʻzbek va rus tillarida, soʻngra koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilinib, kitob shaklida nashr etilgan. Shuni taʼkidlash joizki, “Yangi Oʻzbekiston —kelajagi buyuk davlat” kitobi nashr etilgunga qadar Turkiyada Oʻzbekistondagi tez suratdagi oʻzgarish va rivojlanish haqida yozilgan hech qanday asar yoʻq edi”, deyiladi Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabarida.
Ushbu kitobning birinchi nashri 1000 nusxada chop etildi. Uning birinchi nusxasi Turkiya Prezidenti devonining Xalq kutubxonasi ochilish marosimida yagona faxrli mehmon sifatida ishtirok etgan Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga sovgʻa qilingan.
Mehmet Nuri Ersoyning qayd etishicha, Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keskin yuksalishlar va Turkiya bilan har qachongidan koʻra kuchli shaklda rivojlanayotgan munosabatlar bu asar uchun ilhom manbai boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring