Ehtiyot boʻling! Bulutlarning ham inson salomatligi uchun xavfli jihati bor
Illyustrativ surat
Irvayndagi Kaliforniya universiteti olimlari atmosfera havosidagi bulutlarning paydo boʻlishida ishtirok etadigan va odamlarda xavfli astmani keltirib chiqaradigan koʻplab nanoqismlar, aslida, qoʻziqorin sporalari ekanligini aniqlashdi. Bu haqda “Science Alert” xabar berdi.
Aytilishicha, 2016-yilda tadqiqotchilar Oklaxoma shtatida bir oy davomida diametri 20-60 nanometr boʻlgan zarrachalarni ushlaydigan asbobdan foydalanib, ularni tutishgan, keyin esa yupqa platina ipiga joylashtirishgan. Molekulalar bugʻlangandan soʻng yuqori aniqlikdagi spektrometr hosil boʻlgan gazlarni tahlil qilgan va ularning kimyoviy tarkibini aniqlagan.
Olimlarning fikriga koʻra, havoga koʻtariladigan sporalar suv yutadi, shishadi va 30 nanometr diametrli boʻlaklarga boʻlinadi (ular diametri ming nanometrga teng hujayralardan ancha kichikdir).
Nanoqismlar suv molekulalari birikadigan yadrolar rolini oʻynaydi, shundan soʻng muz kristallari paydo boʻlib, ular oʻz navbatida, bulutlarni hosil qiladi.
Shundan soʻng ushbu zarralar oʻpkaga ancha chuqur kirib boradi. Mutaxassislar baʼzi odamlarda yomgʻir paytida astma xurujlarining boshlanishini ayni shu omil bilan izohlashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring