Ekologlar iliq qish sabab yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni maʼlum qilishdi
Illyustrativ surat
Qorsiz qish, har qanday ob-havo anomaliyasi kabi qishda qor yogʻishi odatiy boʻlgan mintaqalardagi oʻsimlik va hayvonot dunyosiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Bu haqda Finlyandiyaning Allergiya va Janubiy Kareliya atrof-muhit instituti direktori Kimmo Saarinen aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda “Yle”.
Ekolog bunga chivinlarni misol qilib keltirdi: ular qor erigan paytda hosil boʻlgan koʻlmaklarda koʻpayishadi, bu degani agar qishda qor yogʻmasa, hasharotlarning nasl qoldirishi qiyin boʻladi. Toʻgʻri, bu sayohat va tabiat qoʻynida dam olishni yanada qulay qiladi. Ammo shu oʻrinda butun ekotizimga salbiy taʼsir koʻrsatadi — qushlar yetarlicha oziq-ovqatga ega boʻlmay qoladi.
Bundan tashqari, qishda sodir boʻlayotgan gʻayritabiiy ob-havo, olimning soʻzlariga koʻra, yozda pishadigan mevalarning yomon hosiliga olib kelishi mumkin ekan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring