“Toshkent — Andijon” pullik avtomobil yoʻlini qurish rejalashtirilmoqda. 30 km.gacha uzunlikda yangi tonnel qazilishi mumkin
Oʻzbekiston yana bir pullik yoʻllar qurish loyihasini amalga oshirishi mumkin. “Toshkent — Andijon” pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasini ayni kunda konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar (Pwc, Arup) tomonidan dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitob hujjatlari tayyorlanmoqda. Bu haqda masʼul tashkilot vakili “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Ushbu kompaniyalar joriy yilning fevral oyi oxiriga qadar hujjatlarni taqdim etadi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, loyiha uzunligi 350-360 kilometr atrofida boʻladi. Asosan 4 yoʻlakdan iborat boʻladigan yoʻl qurish loyihasi respublika miqyosida yuqori iqtisodiy-ijtimoiy taʼsirga ega.
Ushbu loyihani 3 bosqichda (1. Qamchiq avtomobil tonneli, 2. Toshkent–Angren yoʻli, 3. Qoʻqon–Andijon yoʻli) amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning dastlabki moliyaviy va texnik hisob–kitoblari taqdim etilgandan soʻng, Jahon banki bilan loyihani amalga oshirish boʻyicha bitim imzolanishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, xalqaro standartlardan kelib chiqib, yoʻl qoplamasi sement yoki beton boʻlishi, transport oqimi va yoʻl atrofida joylashgan obyektlarga taʼsiri va boshqa muhim texnik-iqtisodiy va tijoriy masalalar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar jarayonida (2020-yil oktyabr oyiga qadar) aniqlanishi lozim. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilganda, tender hujjatlari tayyorlanib (2021-aprel oyiga qadar), tender bosqichlari amalga oshirilishi (2022-yil aprel oyiga qadar) hamda tender gʻolibi bilan 2022-yil aprel oyida davlat-xususiy sheriklik asosida bitim imzolanishi kutilmoqda.
Qurilish ishlari 2025-2026-yilgacha davom etadi.
“Qamchiq” dovonida yangi pullik tonnel qurish loyihasi “Toshkent — Andijon” pullik avtomobil yoʻlini qurish loyihasining bir qismi deb hisoblanadi. Iqtisodiy–ijtimoiy tomondan, shu jumladan yilning qor va kuchli sel yogʻgan vaqtlari Qamchiq dovonida avtomobil-transport harakatlanishi vaqtincha toʻxtashi ushbu loyihani amalga oshirish ustuvor ekanligini koʻrsatib turibdi. Qamchiq dovonida yangi pullik tonnel qurish loyihasi Jahon banki tomonidan yollangan konsultatsion kompaniyalarga qoʻyilgan vazifa doirasiga kirib, dastlabki moliyaviy va texnik hisob–kitoblar joriy yilning fevral oyi oxiriga qadar taqdim etiladi. Konsultant kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, tonnelning uzunligi mavjud yoʻldan qanchalik balandlikda qurilishidan kelib chiqib 19 dan 30 kilometrgacha yetishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring