Tijorat banki turli bahonalar bilan chiqarib bermay kelayotgan taʼlim kreditini olishda amaliy yordam berildi
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi ishonch telefoniga Yangiqoʻrgʻon tuman “Radivon” mahalla fuqarolar yigʻini “Yongʻoqzor” koʻchasida istiqomat qiluvchi Akbarjon Sobirov qoʻngʻiroq qilib, farzandi Namangan davlat universiteti oliy oʻquv yurtida kontrakt asosida oʻqishini oilada 3 nafar farzandi ham oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgani uchun shartnoma pulini toʻlashga sharoiti yetmayotganligini, shu sababli Yangiqoʻrgʻon tuman tijorat banklaridan taʼlim kreditini olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilganini aytgan.
Muammoning asl sababi esa u 2019-yil 27-avgust kuni barcha hujjatlarini notarius orqali oʻtkazib toʻliq topshirganiga qaramay, tijorat banki kredit boʻlimi tomonidan hali resurs yoʻq deb turli xil bahonalarni ishlatib kredit pulini chiqarib bermay kelayotganidadir. Federatsiya xodimlari holatni qonun doirasida oʻrganishdi va Akbarjon Sobirovning farzandiga 4 354 000 soʻm taʼlim krediti olishda amaliy yordam koʻrsatishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring