Abituriyentlar va keng jamoatchilik diqqatiga: test sinovlarida oʻzgarish boʻlishi mumkin
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida 2020/2021 oʻquv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini ikki boʻlimga ajratib, birinchi boʻlimga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va Oʻzbekiston tarixi, ikkinchi boʻlimga abituriyent tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita fanni kiritilishi nazarda tutilgan.
Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi mutaxassislari tomonidan maʼqullangan majburiy fanlar hamda bakalavriatning taʼlim yoʻnalishiga mos fanlar boʻyicha test topshiriqlarining taqsimoti va baholash mexanizmi boʻyicha qoʻyidagi taklif keng jamoatchilik, ota-onalar hamda abituriyentlar diqqatiga muhokama uchun taqdim etilmoqda:
Majburiy fanlar boʻyicha abituriyentlarga beriladigan savollar birinchi murakkablik darajasidagi savollar boʻlib, ularga javob uchun - ona tili va tarix fanidan bir daqiqagacha, matematika fanidan – 1,5 daqiqagacha vaqt ajratilishi moʻljallangan. Test topshiriqlariga javob berish hamda javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish bilan birga test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi taklif etilmoqda.
“Mushtariylar oʻz fikr-mulohazalarini, takliflarini Davlat test markazining rasmiy telegram kanali (@rasmiydtm)ning boti (@dtmga_murojaat_bot) orqali bildirishlari mumkin” deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xabarida.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring