Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida yangi tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining buyrugʻi bilan Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining moddiy-taʼminot boʻyicha oʻrinbosari lavozimida xizmat qilib kelgan podpolkovnik Redjapov Bahodir Mamirjonovich Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.
Bahodir Redjapov 2001-yilda oldingi Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtini tamomlagan. Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining moddiy-taʼminot boʻyicha oʻrinbosari lavozimini 2018-yilning fevral oyidan beri egallab kelgan. Xizmati davomida qoʻshinlarda qoʻmondonlik lavozimlarida xizmat qilgan. Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining moddiy taʼminot boʻyicha oʻrinbosari lavozimi shu vaqtga qadar vakant boʻlib kelgan.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi podpolkovnik Bahodir Redjapovga sadoqati, fidoyiligi, xizmat vazifalarni bajarishda masʼuliyatliligi uchun minnatdorchilik bildirib, yuqori lavozimda zafarlar tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring