Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 18-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 17 soʻm 6 tiyinga qimmatlashib, 8535 soʻm 74 tiyinga yetgan.
Yevro kursi esa 86 soʻm 52 tiyinga arzonlashib, 9566 soʻmni tashkil etmoqda.
Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm, 24 tiyinga qimmatlashib, 132 soʻm 57 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 101 soʻm 19 tiyinga arzonlashib, 10 746 soʻm, 50 tiyinni tashkil qilmoqda.
Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring