Futboldan bir umrga chetlatilgan Samvel Babayan oradan 1,5 yil oʻtib yana bosh murabbiylikka qaytmoqda
Samvel Babayan Toshkentning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, “temiryoʻlchilar” rahbariyati jamoaning soʻnggi vaqtlardagi natijasidan qoniqish hosil qilmagan va bosh murabbiy Andrey Fyodorovni isteʼfoga chiqarishga qaror qilgan. Uning oʻrniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlangan. Tez orada bu boradagi rasmiy maʼlumot chiqishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyayev oʻrniga “Lokomotiv” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.
Samvel Babayan 2019 yil fevral oyidan buyon “Loko” tizimida ishlab kelmoqda. Uning klub prezidenti maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
Oldinroq, aniqrogʻi 2018 yil yanvarda OʻFA (oʻsha vaqtlarda OʻFF) tomonidan Samvel Babayan umrbod oʻzbek futbolidan chetlatilgan edi. Oradan bir yil oʻtib, Babayanning diskvalifikatsiyasi ikki haftadan soʻng bekor qilingani maʼlum boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring