2026-2027 oʻquv yilida maktablarning 1-sinfiga qabul tartibi belgilandi
2026-2027 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi eʼlon qilindi.
Mazkur hujjatga koʻra, 1 sinfga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati orqali amalga oshiriladigan tuman (shahar)lar soni 64 tadan 135 taga, umumiy oʻrta taʼlim maktablari soni 1956 tadan 5689 taga yetkazilgan.
Ushbu buyruqqa ilova sifatida 2026–2027 oʻquv yilida maktablarining 1-sinfiga qabul boʻyicha davlat xizmati joriy etiladigan tuman (shahar)lar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
Qabul jarayoni davlat xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining elektron davlat xizmatlari portali (my.maktab.uz) orqali 2026-yilning 20-iyunidan – 31-iyuliga qadar biriktirilgan mikrohudud doirasida hamda 1-31-avgustga qadar mikrohududdan tashqari hududlardan amalga oshirilishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, 1-sinfga bolalar ular yetti yoshga toʻladigan yilda qabul qilinadi. Yaʼni, 2026–2027 oʻquv yilida 2019-yil 31-dekabrga qadar tugʻilgan bolalar maktabga qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring