Nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan mutaxassislarga ipoteka krediti beriladi

15:59 10 Aprel 2026 Hujjatlar
319 0

Hukumat qarori bilan “Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur nizomga koʻra, Oʻzbekiston hududida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha 10-yil muddatga har oyda qaytarish sharti bilan kredit ajratilishi belgilangan. Kredit tijorat banki hisobidan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.

Kredit oluvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Kredit oluvchiga kredit, u quyidagi shartlarning barchasiga javob berganda ajratiladi:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlganda;
  • kredit olish uchun ariza bilan murojaat qilgan kunda 35 yoshdan oshmaganda;
  • kredit oluvchi ushbu xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan eʼlon qilingan reytingda yuqori 100 talik roʻyxatga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganda;
  • kredit oluvchining xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja olganligi haqidagi diplomi belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilinganda.

Kredit oluvchi ipoteka krediti ajratish boʻyicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali quyidagilarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:

  • kredit olish toʻgʻrisida ariza;
  • kredit oluvchi tomonidan sotib olinadigan uy-joy boʻyicha
  • qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma.

Shuningdek, tijorat banki 3 ish kuni ichida uning toʻlovga layoqatini oʻrganib, uy-joy sotib olish uchun unga ajratilishi mumkin boʻlgan kredit miqdori toʻgʻrisida bank xulosasini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi. Bunda kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 80 foizidan oshmasligi lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?