“Nomingizga chet eldan katta meros qoldirilgan”: Davlat bojxona qoʻmitasi firibgarlarning yangi tuzogʻidan ogohlantirdi
Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bojxona skladi”, “Bojxona musodara tovarlari” va shunga oʻxshash boshqa nomlar bilan ochilgan soxta sahifalar orqali firibgarlik holatlari kuzatilmoqda.
Ushbu sahifalarda bojxona organlari tomonidan toʻxtatib qolingan va davlat egaligiga oʻtkazilgan tovarlar hayratlanarli darajada arzon narxlarda sotilayotgani maʼlum qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi yuqoridagi kabi soxta sahifalarda eʼlon qilinayotgan tovar va xizmatlar haqidagi xabarlarga ishonib, nomaʼlum kimsalarga pul mablagʻlari oʻtkazmaslikka chaqirdi.
Maʼlum qilinishicha, har qanday musodara qilingan tovarlar sud qaroriga asosan Bojxona servis davlat muassasasiga qarashli doʻkonlarda sotuvga chiqariladi.
Shuningdek, Davlat bojxona qoʻmitasi firibgarlarning yangi turdagi aldov holatlaridan ham ogoh boʻlishga chorlagan.
Masalan, fuqaroga ijtimoiy tarmoqlar orqali “Sizga chet eldan yuz ming dollar meros qoldirilgan. Bojxonada turibdi. Uni olish uchun 9 mln toʻlashingiz kerak” kabi xabarlar kelish holatlari kuzatilmoqda.
Qoʻmita bunday xabarlar firibgarlarning navbatdagi tuzogʻi hisoblanib, hech bir rasmiy idoralar meros yoki yuk uchun oldindan toʻlov talab qilmasligini eslatib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring