Pavel Durov Yevropa Ittifoqini internetda senzurani kuchaytirishda aybladi
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Yevropa Ittifoqini oʻz nazoratidagi nodavlat tashkilotlar va OAV orqali internetda kuzatuv va senzurani kuchaytirishni oqlashga urinishda aybladi. U bu haqda oʻzining Telegram kanalida post qoldirdi.
Durovning soʻzlariga koʻra, Bryussel AI Forensics tuzilmasidan foydalanmoqda. Tadbirkorning taʼkidlashicha, ushbu tashkilot Yevrokomissiya uchun ishlaydi va Jorj Soros tomonidan moliyalashtiriladi.
“Soros tomonidan moliyalashtiriladigan va Yevrokomissiya uchun ishlaydigan AI Forensics tashkiloti Telegramʼni muammo deb hisoblamoqda, chunki odamlar boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi kontentni yopiq Telegram guruhlarida muhokama qilishlari mumkin”, — deb qayd etdi messenjer asoschisi.
Pavel Durov oʻz postiga Fransiyaning France24 telekanali maqolasidan skrinshot ilova qilgan. Maqolada odamlar ijtimoiy tarmoqlardagi haqoratli kontentlarni bir-birlariga yuborishi va buning uchun Telegramʼdan foydalanishi aytiladi.
Tadbirkor, shuningdek, uning fikricha, ushbu “nodavlat” tashkilotning “aql bovar qilmaydigan iddaolarini” tarqatayotgan nashrlar roʻyxatini tuzdi. Bu roʻyxatga El País, Der Spiegel, Wired, AFP, Le Parisien, 20 Minutes, Ouest-France va Le Figaro kirdi.
“Jamiyatni manipulyatsiya qilishga boʻlgan bunday urinishlarni toʻxtatish muhim, chunki ulardan erkinligimizning qolgan-qutgan qismini ham tortib olish uchun foydalanishadi”, — deb taʼkidladi Telegram asoschisi.
Durovning aytishicha, kimlardir haliyam bu kabi tashkilotlarni jiddiy qabul qilmoqda. Uning qoʻshimcha qilishicha, ularning aksariyati “COVID davrida odamlarning ishonchini yoʻqotgan”.
Avvalroq Telegram asoschisi Yevropa davlatlarini texnologik kompaniyalarga nisbatan yuritayotgan siyosati uchun bir necha bor tanqid qilgan edi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi agar kompaniyalar “soʻz erkinligini indamay cheklashdan” bosh tortsa, ularni jazolash uchun “bajarib boʻlmaydigan qoidalar”ni joriy qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring