Eronda oliy rahbar Mujtabo Xomanaiy sogʻlom ekani va mamlakatni boshqarayotgani maʼlum qilindi
Eron oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy oʻzini yaxshi his qilmoqda va mamlakatni boshqarmoqda. Bu haqda Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Said Xatibzoda maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.
“Uning sogʻligʻi joyida va u hamma narsani nazorat qilmoqda”, — deb bayonot berdi u.
Xatibzodadan nima uchun Xomanaiy jamoatchilikka koʻrinish bermayotgani haqida soʻrashdi. TIV rahbari oʻrinbosari javob tariqasida AQSH “barcha xalqaro qonunlarni buzgan holda davlat rahbarini oʻldirgan” hozirgi vaziyat shartlarini hisobga olishga chaqirdi.
Said Xatibzodaning soʻzlariga koʻra, AQSHning Isroildagi sheriklari “kimni boʻlsa ham oʻldirishdan” toʻxtashmaydi.
Avvalroq The Times gazetasi Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda ekani va Qum shahrida davolanayotgani haqida xabar bergan edi.
“Mujtabo Xomanaiy Qumda ogʻir ahvolda davolanmoqda, u rejim tomonidan qabul qilinadigan biror bir qarorlarda ishtirok etishga qodir emas”, — deyilgandi AQSHning Fors koʻrfazi mamlakatlaridagi ittifoqchilariga yoʻllangan diplomatik qaydda.
Bundan oldin Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroilning Eronga hujumlari boshlangan ilk kundayoq yaralangani maʼlum boʻlgan edi.
Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xomanaiyning yaralanganini tasdiqlagan, biroq u “oʻzini yaxshi his qilayotganini” bildirgan edi.
Yangi oliy rahbar etib saylangan lahzadan beri u biror marta jamoatchilik oldida koʻrinish bermadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring