Ryutte: NATOning ayrim aʼzolari AQSHning Eronga qarshi operatsiyasida oʻz majburiyatlarini bajarmadi
NATO bosh kotibi Mark Ryutte AQSHning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi davomida alyansga aʼzo ayrim davlatlar oʻz majburiyatlarini bajarmaganini maʼlum qildi. Bu haqda u CNN telekanali efirida aytib oʻtdi.
Chorshanba kuni (8-aprel) Mark Ryutte Oq uyda Amerika yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv yakunlariga koʻra, NATO bosh kotibi AQSH Prezidenti alyansdagi koʻplab ittifoqchilaridan norozi ekanligini qayd etdi. Ryutte uning “nuqtayi nazarini tushunishini” qoʻshimcha qildi.
Shuningdek, Ryutte “Yevropa mamlakatlarining mutlaq koʻpchiligi” logistika bilan yordam berganini, oʻz bazalarini taqdim etganini va boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlovlarni amalga oshirganini aytib oʻtdi.
Donald Tramp Mark Ryutte bilan uchrashuvdan soʻng Truth Social ijtimoiy tarmogʻida quyidagi mazmundagi post qoldirdi:
“Biz ularga muhtoj boʻlganimizda NATO u yerda yoʻq edi va ular yana kerak boʻlganda ham u yerda boʻlishmaydi”, — deb yozdi u.
Avvalroq xorijiy OAV AQSH Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Eronga qarshi operatsiya vaqtida yordam bermagan NATO mamlakatlaridan oʻz qoʻshinlarini olib chiqib ketish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring