Oʻzbekistonliklar sogʻliqni saqlash xizmatlari uchun 2 oyda qancha mablagʻ sarflagan?

15:30 09 Aprel 2026 Iqtisodiyot
256 0

2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3,55 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,2 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 30,7 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 52,1 foizi sohaga doir boshqa xizmatlar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Sogʻliqni saqlash xizmatlari hajmi hududlar kesimida taqsimlanganda eng katta koʻrsatkich Toshkent shahrida qayd etilib, 1 642,3 mlrd soʻmni tashkil etgan. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati 330,6 mlrd soʻm bilan ikkinchi pogʻonada, 264,3 mlrd soʻm koʻrsatkich bilan Samarqand viloyati uchinchi pogʻonada qayd etilgan.

Shuningdek, yanvar-fevral oylarida sogʻliqni saqlash xizmatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida 60,8 mlrd soʻm, Andijonda 155 mlrd soʻm, Buxoroda 142,3 mlrd soʻm, Jizzaxda 80,8 mlrd soʻm, Qashqadaryoda 131,8 mlrd soʻm, Navoiyda 56,3 mlrd soʻm, Namanganda 162,5 mlrd soʻm, Surxondaryoda 93,7 mlrd soʻm, Sirdaryoda 65 mlrd soʻm, Fargʻonada 241,9 mlrd soʻm hamda Xorazmda 121,3 mlrd soʻm sarflangan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga oʻsgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?