Eron va AQSH ikki haftaga oʻt ochishni toʻxtatdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va Pokiston armiyasi qoʻmondoni feldmarshal Osim Munir bilan oʻtkazilgan muzokaralardan soʻng Eronga qarshi rejalashtirilgan harbiy zarbalarni ikki haftaga toʻxtatishga rozi boʻldi. Tramp bu haqda oʻzining Truth Social sahifasida maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, bu qaror Eron tomoni Hoʻrmuz boʻgʻozini toʻliq, zudlik bilan va xavfsiz tarzda ochishga rozilik bildirishi sharti bilan qabul qilingan. Tramp buni ikki tomonlama oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi deb atagan.
AQSH prezidentiga koʻra, bu qaror qabul qilinishiga sabab — Amerika harbiylari oldiga qoʻyilgan asosiy maqsadlar allaqachon bajarilgani va Eron bilan uzoq muddatli tinchlik boʻyicha kelishuvga erishish jarayoni ancha ilgarilab ketganidir. Shuningdek, Eron tomonidan taqdim etilgan 10 banddan iborat taklif muzokaralar uchun amaliy asos boʻla olishi qayd etilgan.
Trampning bildirishicha, AQSH va Eron oʻrtasida avval bahsli boʻlgan masalalarning deyarli barchasi boʻyicha kelishuvga erishilgan. Ikki haftalik muddat esa yakuniy kelishuvni rasmiylashtirish va toʻliq yakunlash imkonini berishi kutilmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, AQSH prezidenti sifatida hamda Yaqin Sharq davlatlari nomidan ham mazkur uzoq yillik muammoni hal etish arafasida turgani katta sharaf hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring