Vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar oʻrtasida respublika birinchiliklari oʻtkaziladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat, tuman hokimi xodimlari sport bilan shugʻullanishi uchun oʻzi namuna boʻlib, sharoitlarni kengaytirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Mazkur jarayonda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi, bu kunda vazirlik, idora va tashkilotlarda sport mashgʻulotlari oʻtkazilishi belgilandi. Agar sport zali boʻlmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnoma tuzish, kamida 4 ta sport turi boʻyicha yiliga 2-marta musobaqa tashkil qilib, gʻoliblarni taqdirlash topshirildi.
Joriy yildan boshlab har yili vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar oʻrtasida respublika birinchiliklari oʻtkazilishi belgilandi.
Xususiy sektordagi mehnat jamoalarida ham ommaviy sportni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Tadbirkorlar oʻz ishchi-xodimlari uchun sport zali, maydonchasi qurish va jihozlash uchun qilgan xarajatlari foyda soligʻi bazasidan chegiriladi, jalb qilingan trenerlar uchun daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring