OTMlarda sport yoʻnalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi qayd etildi

17:36 07 Aprel 2026 Siyosat
264 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Oliy taʼlim muassasalarida sport yoʻnalishidagi ishlar yetarli darajada emasligi, federatsiyalar bilan hamkorlik, iqtidorli talabaga individual murabbiy biriktirish sustligi qayd etildi.

Ayrim oliygohlarda sport sohasi boʻyicha yaxshi tajribalar bor. Masalan, Termiz davlat universiteti 4 ta klub tashkil qilib, 5 ming talabani 18 ta sport turiga qamrab oldi. Talabalar oʻtgan yili xalqaro musobaqalarda 18 ta medal oldi. Oliygohning voleybol va gandbol jamoalari oliy ligada, futzal va futbol jamoalari esa 1-ligada qatnashyapti.

Lekin Jizzax politexnika, Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, Qarshi davlat texnika universiteti, Buxoro davlat universitetlarida 70 foiz talaba jismoniy normativ topshira olmagan. Bu ulardagi klublar “nomiga” ishlayotganini anglatadi.

Shu munosabat 207 ta oliygoh rektorlariga Termiz davlat universitetining tajribasini oʻrgatish va sport boʻyicha bir yillik reja ishlab chiqish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?