Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi

17:09 07 Aprel 2026 Siyosat
221 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sogʻlom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”, dedi davlatimiz rahbari yigʻilish avvalida.

Soʻnggi toʻqqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani taʼkidlandi. Sport bilan professional tarzda shugʻullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya boʻyicha 3 barobar koʻpaydi.

Birgina oʻtgan yilning oʻzida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi boʻlgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?