Madinada qolib ketgan 170 dan ortiq oʻzbekistonlik boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berildi
Foto: “Dunyo”
Avvalroq Umraga borgan 170 dan ortiq oʻzbekistonlik vatanga qayta olmayotgani haqida xabar berilgan edi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasiga Madina shahrida qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolari murojaat qilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu fuqarolar Umra xizmatlarini tashkil etish va oʻtkazish vakolatiga ega boʻlmagan shaxslar xizmatidan foydalangan holda, xususiy tartibda safarga joʻnab ketgan.
Shu sababli ayrim tashkiliy va moliyaviy muammolar yuzaga kelgan hamda fuqarolarning belgilangan muddatda Oʻzbekistonga qaytishi kechikmoqda. Bundan tashqari, toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagani sababli mehmonxona maʼmuriyati tomonidan fuqarolarni chiqarish masalasi koʻtarilgan. Ayni paytda esa fuqarolar mehmonxonalarga joylashgan boʻlib, ularning holati doimiy nazoratga olingan.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan vaziyat joyiga chiqib oʻrganilmoqda va fuqarolarni ortga qaytarish boʻyicha amaliy choralar koʻrilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, Din ishlari boʻyicha qoʻmita ziyoratchilarimizni Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh boʻlishlari va keyinchalik turli koʻngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari xizmatlardan foydalanishlarini tavsiya etadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat uchun litsenziya olish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (82,4 mln. soʻm) etib belgilangani ham alohida eslatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring