Xotirjam yashashni istagan hamma daromadidan soliq toʻlashi shart — Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov xotirjam yashashni istagan hamma daromadidan soliq toʻlashi shart ekanini aytdi.
Alisher Qodirov “Harbiy xizmatchilar (xodimlar) va ularning oila aʼzolarining davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi davlat byudjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini taqozo qilishini qayd etib, ushbu hujjatning nima sababdan muhim ekaniga toʻxtalib oʻtgan.
“Harbiy xizmatchi oʻzi va oilasini ijtimoiy himoyalanganidan shubhalanmasligi kerak!” deydi deputat.
Uning qoʻshimcha qilishicha, davlat byudjetidagi bu xarajatlar ham soliqlar hisobidan boʻladi. Shu bois, “xotirjam yashashni istagan hamma daromadidan soliq toʻlashi shart!”
“Harbiylar tushunarli, tugʻilganimizda yuvib-tarab qoʻygan doya xoladan boshlab, hammamizni albatta boradigan joyimiz — qabristonlarni ozoda tutishga masʼul amakigacha soliqlar hisobiga haq oladi va daromadidan soliq toʻlaydi”, deb yozadi Qodirov.
U, shuningdek, soliqdan qochish yoki soliq toʻlamaslikni targʻib qilish birovning haqiga xiyonat va davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanishi kerakligini taʼkidlagan. — Harbiy xizmatchilar Vatan himoyasida mustahkam tursinlar, qonun yangi tahrirda, birinchi oʻqishda maʼqullandi, lekin jamiyatni ayrim qatlamlarida davlatparvarlikni kuchaytirish uchun faqat targʻibot emas, qonunchilikni takomillashtirish haqida ham oʻylash kerak ekan…
Deputatning bu fikrlari bir guruh sanʼatkorlar toʻylardan oladigan puliga soliq solinishiga nisbatan norozilik bildirayotgan bir vaqtda yangradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring